Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARda vafot etgani aytilgan ayolning nafas olayotgani aniqlandi
Tez yordam shifokorlari tomonidan vafot etgani qayd etilgan ayol o‘likxonada nafas olayotgani aniqlandi. Tez tibbiy yordam xizmati operatorining CNN telekanaliga ma'lum qilishicha, tashkilot ushbu hodisa yuzasidan o‘z xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda.
"Voqeani o‘rganayapmiz va yakuniy xulosaga kelganimizdan so‘ng, uni e'lon qilamiz", - degan Gerrit Bradnick.
Carletonville o‘likxonasining texnik xodimlari, jiddiy YTHdan keyin bu yerga keltirilgan ayolni bir necha soatdan so‘ng nafas olayotganini aniqlashgan.
Bradnick tez yordam xodimlarini himoya qilar ekan, ular barcha belgilangan tamoyillarga rioya qilishganini ta'kidlagan. Ayni vaqtda ismi oshkor qilinmagan ayolning sog‘lig‘i Yohannesburgdagi shifoxonalardan birida tiklanmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026