Jamiyat | 11:38 / 05.07.2018
28901
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 5 iyul kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga 2018-2019 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining birinchi kuni boshlandi.

6 iyul kuni ham davom etadigan imtihonga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, O‘MI ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Jaloliddin Nuriddinov, bo‘lim xodimi Akbar Do‘stmatov boshchiligidagi kuzatuvchilar tashrif buyurishadi.

Maxsus sirtqi bo‘limga respublikada faoliyat yuritayotgan, kamida besh yillik stajga ega bo‘lgan imom-xatib, madrasa mudarrislari va Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlaridan iborat jami 144 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Shulardan 120 nafari aqoid, fiqh va arab tili fanlari bo‘yicha imtihonlar asosida qabul qilinadi.

Imtihon olish uchun Toshkent Islom instituti, Ko‘kaldosh o‘rta maxsus bilim yurti va O‘zbekiston xalqaro Islom Akademiyasidan malakali mudarrislar jalb etilgan.

Imtihon natijalari bo‘yicha mandat 7 iyul kuni e'lon qilinadi.

 

Mavzuga oid