Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom universitetining 300 nafar talabalari 2018-2019 öquv yilida 12ta fan doirasida jami 28ta muqaddas diniy kitoblarni töliq yod olişdi. 85 nafar talaba buyuk muhaddislardan Abu Muso at-Termiziyning « Sunani Termiziy»  asarini tugatişdi. Şu munosabat bilan Özbekiston musulmonlari idorasida institut öqituvçi, talabalari, diniy ulamo vakillari iştirokida «Xatmi kutub (muqaddas diniy kitoblarni öqib tugatganlik)»  tadbiri bölib ötdi. 

Şuningdek, anjumanda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, ÖMI raisi örinbosari Ibrohimjon Inomov, Islom instituti rektori Uyğun Ğofurovlar ham iştirok etişdi.

«Madrasalarda talabalar muqaddas kitoblarni öqib tugatişsa, bu öziga xos bayram sifatida nişonlangan. Diniy ulamolarning duolari olingan. Mana bugun ham uzoq yillik an'anaga sodiq qolgan holda, uşbu ayyomni nişonlayapmiz. 2018-2019 öquv yilida institutning 20 nafardan ortiq öqituvçilari tomonidan 300 nafar talabalarga öquv yili boşidan Imom Termiziyning «Sunani Termiziy»  asari matni va uning şarhi hamda Imom Tahoviyning «Şarhi Maonil osor»  asari matni va uning şarhi asosiy va fakultativ dars sifatida öqitila boşlandi.

Şu bilan bir qatorda, «Aqoid va fiqhiy fanlar»,  kafedrasi öqituvçilari boşçiligida «Hidoya» , «Şarhul viqoya» , «Kanzud daqoiq» , «Al-aşboh van nazoir» , «Nurul anvor» , « Usuluş Şoşiy» , «Şarhu Aqoidun Nasafiya» , «Zov'ul maoliy» , «Intibohotul mufida»  kabi köplab kitoblar öqib tugatildi» , deya ma'lumot berdi Ğofurov.

Ğofurovning ta'kidlaşiça, ötgan yili Özbekiston musulmonlar idorasi raisi boşçiligidagi delegatsiya Misrda Al-Azxar universitetiga bölgan taşrif davomida bir qança yönalişlarda hamkorlik memorandumi imzolaşdi. 

Unga köra, imomlar malakasini oşiriş, öqituvçilarning magistratura va doktoranturada ilmiy iş qilişi, talabalar va öqituvçilar almaşinuvi, xalqaro konferensiyalar, ilmiy-tadqiqotlar ötkaziş, birgalikda öquv qöllanma, darsliklarni tuziş rejalaştirilgan.