Jamiyat | 18:30 / 07.07.2018
31842
2 daqiqa o‘qiladi

O‘quvchisidan pora olgan o‘qituvchi ushlandi

Joriy yilning 27 iyun kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro K.Z Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat kiladi. Mazkur fuqaro o‘zining arizasida o‘g‘li E.A Andijon shahrida joylashgan, ADU qoshidagi Akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi ekanligini va u o‘qish davomida uch kun uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishga bormaganligi uchun ushbu litseyning o‘qituvchisi B.A fuqaro E.Ani 2-bosqichda qoldirib yuborish bilan qo‘rqitib, 3-bosqichga o‘tkazishni litsey direktori bilan gaplashib, hal qilib berish uchun 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini, noqonuniy ravishda 300 AQSh dollari miqdorida pul so‘rayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘raydi. 

Yuqoridagi arizaga asosan viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, litsey o‘qituvchisi B.A o‘quvchi E.A dan kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddalarining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon IIB matbuot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid