Jahon | 00:00 / 08.07.2018
4800
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi restoran mijozlarga kitoblar sovg‘a qilmoqda

AQShning Konnektikutida 1970 yilda ochilgan Traveler restorani o‘sha vaqtdayoq mijozlarga nafaqat taomlar, balki bepul kitoblar taklif qila boshlagan. Bu kitoblar restoran egasiga tegishli bo‘lib, u juda katta kutubxonaga ega bo‘lgan. Onlardan birida u uyida joy bo‘shatmoqchi bo‘lgan va shu maqsadda kitoblardan xalos bo‘la boshlagan.

Foto: instagram.com/ traveler-restaurant

1993 yilda restoran egalari o‘zgargan bo‘lsa-da, ular an'anani buzishni istashmagan. Hozirda restoran egalari haftasiga 2 mingtagacha kitob sovg‘a qilishadi. Ular bu biznes bilan shug‘ullanishni boshlaganlaridan beri 2,5 mlntaga yaqin kitobni mijozlarga sovg‘a qilishgan.

Foto: instagram.com/ traveler-restaurant

Restoran kitoblarni turli manbalardan oladi, ko‘pincha kutubxonalarda arzon narxda sotib oladi. Biroq bir qism kitoblarni mijozlar olib kelishadi. Restoran egalarining aytishicha, bunday holat deyarli har kun yuz beradi.

Foto: instagram.com/ traveler-restaurant

 

Mavzuga oid