Jamiyat | 11:30 / 09.07.2018
13600
1 daqiqa o‘qiladi

7500 dollar evaziga talabalikni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Toshkent shahar IIBBga 7 500 AQSh dollari evaziga Toshkent temiryo‘l muhandislari institutiga o‘qishga olib kirishga va'da bergan Sh.Nurmuhammad (ismi o‘zgartirilgan)ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, uning qarindoshi ariza bergan. Bu haqda boshqarma rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Bosh boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning ixtisoslashgan qurilish-montaj podstansiyasi muhandisi - 26 yoshli Sh.Nurmuhammad qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- («Firibgarlik») va 211- («Pora berish») moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid