Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi g‘ordan yana 4 bola chiqarib olindi
Foto: Zuma/TASS
9 iyulda Tailandda 2 haftacha avval g‘orda qolib ketgan 12 nafar yosh futbolchidan yana 4 nafari tashqariga chiqarildi. Bu haqda The Guardian nashri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, g‘ordan olib chiqilgan bolalar shifoxonaga jo‘natilganlar.
CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, bugunga qolgan bolalar va ularning murabbiyini qutqarish ishlari to‘xtatilgan.
8 iyulda g‘ordan 4 bola olib chiqilgandi.
G‘ordagi barcha suvni tortib olishning iloji bo‘lmagan, shu sababli bolalar g‘ordan chiqishgacha bo‘lgan 5 kmlik yo‘lning bir kmchasini suv ostida suzib, qolganini yurib o‘tmoqdalar. Ular suv ostida suzish uchun mo‘ljallangan kiyim-bosh bilan ta'minlanganlar. Bolalarga tajribali g‘avvoslar hamrohlik qilmoqda.
11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bola va ularning murabbiyi 23 iyunda g‘or ichiga sayr qilgani kirib ketib, kuchli yomg‘irlar oqibatida g‘ordan chiqish yo‘llari suv ostida qolgani sababli u yerda qolib ketishgan. Ularni 10 kundan keyingina topishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
09:52 / 14.11.2025
Tailandda «jahon darajasidagi rus hakeri» qo‘lga olindi
15:12 / 26.10.2025
Tramp Osiyo bo‘ylab turnesini boshladi va Malayziyaga keldi
12:00 / 16.09.2025