1972 yilda fransuz geologi AQŞdagi çuqurligi 134 metr bölgan ğorga tuşadi va u yerda bir muddat yaşaydi. Bu işdan maqsad – vaqt belgilarisiz inson ongida nimalar sodir bölişini biliş edi. Geolog olti oydan söng Yer yuzasiga çiqadi. Şunda u vaqtni hisoblaşda bir oyga adaşgani ma’lum böladi. Geologning bu işi ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Dunyoda ilm-fan ravnaqi uçun turli tajribalar ötkazgan va bu jarayonda öz jonini, soğligini xatarga qöyganlar juda köp. Hozir hikoya qilmoqçi bölgan odamimiz ham ana öşalarning biri hisoblanadi.

Fransiya fuqarosi, kasbi geolog-ğorşunos bölgan Mişel Siffr bundan 54 yil oldin çuqur ğorlarning biriga tuşib, u yerda vaqtdan uzilib olti oy yaşaydi.

Bu iş Mişelning hayotidagi birinçi bunday hodisa emasdi. U avval ham bir neça marta turli ğorlarda ma’lum vaqt yaşagandi.

corbisimages.com

Ğorlarda yaşovçi geolog-ğorşunos

1939 yilda Fransiyaning Nitssa şahrida tuğilgan Mişel Siffr ilk bor ğorga kirganida 10 yoşda edi. Öşanda u dösti bilan Fransiya Alp toğlarida joylaşgan ğorga kiradi va u yerdagi ajoyibotdan hayratda qoladi.

Mişel 16 yoşida akademik Jak Burgarning öquvçisiga aylanadi va geologiya hamda ummonlar haqida ma’lumot beruvçi okeanografiya fanlarini çuqur örgana boşlaydi.

U öşa paytda bir tomondan Örta Yer dengiziga tuşib, suvosti dunyosini örganadi. Ikkinçi tomondan dösti bilan Alp toğlaridagi turli ğorlarga kirib çiqadi.

Mişel 20 yoşda ekanida geologiya böyiça diplom işini munosib himoya qiladi. Söng ğorlarni örgana boşlaydi. 1960 yilda 21 yoşli Mişel Şri-Lankadagi ğorni örganiş uçun boradigan ekspeditsiyaga qöşiliş uçun grantni yutib oladi.

Bir muddat Osiyo janubida bölgaç, Fransiyaga qaytadi. Söng 1961 yilda Alp toğlarining Fransiya va Italiya çegarasida joylaşgan qismini örganiş maqsadida taşkil etilgan guruhga rahbarlik qiladi.

blog.mutewatch.com

Birinçi sinov-tajriba

1962 yilda 23 yoşli Mişel insonning biologik ritmlarini kuzatiş maqsadida birinçi sinov tajribasini ötkazişni boşlaydi. Bu uçun u çuqur ğorlarning birida soat, taqvim işlatmasdan, quyoşni körmasdan yaşab körişga qaror qiladi.

Mişel tanlagan joy Alp toğlarining Fransiyaga tegişli qismida joylaşgan Skarasson ğori edi. Öşanda geolog bu ğorda 130 metr çuqurlikka tuşadi va u yerda 63 kun yaşaydi.

Ğorda unda soat va sanalarni körsatadigan heç narsa yöq edi. Mişel vaqtni taxminan hisoblab boradi. Tajriba yakunida uning hisobi böyiça 1962 yil 20 avgust bölişi kerak edi.

Biroq u ğordan çiqqanda sana 1962 yil 14 sentabrni körsatib turardi. Mişel 25 kunga adaşgandi. Öşanda olimlar insonning içki biologik ritmi 25 soatlik rejimda işlaşini aniqlaşadi.

“Men ğorga 16 iyul kuni kirgan edim va tajribani 14 sentabrda yakunlaşni rejalaştirgan edim. Jamoam taşqariga çiqiş kuni kelganini xabar qilganida men endigina 20 avgust deb öylagandim. Ğorda hali bir oy vaqtim bor deb hisoblab kelayotgandim”, degan edi u keyinçalik.

Öşanda fransiyalik yoş tadqiqotçining ikki oy çuqur ğorda yaşaşi OAV orqali keng yoritiladi va bu sinov tajribasi Mişelning dunyo böylab tanilişiga sabab böladi.

presse.ffspeleo.fr

Ikkinçi sinov-tajriba

1972 yilda Mişel Siffr bir paytlar özi boşlagan tajribani davom ettiriş maqsadida yana ğorda yaşab körişga qaror qiladi. Bu safar yanada çuqurroq ğor tanlanadi va yaşaş muddati ham uzaytiriladi.

Mişel ikkinçi sinov-tajribasini ötkaziş uçun AQŞning Texas ştatidagi “Midnayt” deb nomlangan ğorni tanlaydi. 1972 yilda u kerakli jihozlar bilan 134 metr çuqurlikka tuşadi. Söng taqvim va soatsiz öşa yerda yaşay boşlaydi.

“Midnayt”dagi kun tartibi ham Alp toğlaridagi ğorda ötkazilgan jarayon bilan bir xil edi. Mişel vaqtni çamalab uxlaydi, dam oladi va ovqatlanadi.

U barça jarayonni özi bilan aloqada bölib turgan tadqiqotçilar guruhiga xabar berib turadi. Guruh Mişelning kun tartibini töliq yozib boradi, biroq vaqt va sana haqida unga aytmaydi.

Bu safar Mişel ğorda olti oydan ziyod, aniqroği 206 kun vaqt ötkazadi. Bu davr mobaynida u depressiyaga tuşib qoladi. Uskunalari işdan çiqadi, kitob va jurnallari nam tortib, moğorlay boşlaydi. Biroq Mişel ortga çekinmaydi va boşlagan tajribasini davom ettiradi.

elbauldejosete.wordpress.com

Öşanda u öz kundaligiga “hayotimdagi eng qiyin davrni boşdan ötkazyapman. Umrimni bu behuda tadqiqotga sarflayapman”, deb yozib qöyadi.

Ğorda bir neça oy yaşagan Mişel bir neça marta 48 soatlik jarayonga ötadi. U 12 soat uxlaganidan söng 36 soat davomida bedor böla boşlaydi.

“1972-yilda Texasda men ikki marta 48 soatlik jarayonni boşdan ötkazdim. Öşanda ikki soat uxlagaç, 36 soat bedor böldim. Men bu “uzun kunlarni” yigirma tört soat davom etadigan oddiy kunlardan ajrata olmasdim. Öşanda ğorda yozgan kundaligimni örganib çiqdim, vaqt bir jarayondan boşqasiga ötganini bildim. Biroq bu kunlarni özgaça keçirganimga heç qanday dalil yöq edi. Men 48 soatlik jarayonda ham odatdagidek uç marta ovqatlandim. Ba’zan ikki soat, ba’zan ön sakkiz soat uxlardim, lekin ularni ajrata olmasdim. Menimça, bu barçamiz munosib baholaydigan tajriba böldi. Sub’yektiv vaqt va tanamizning ritmlari nihoyatda moslaşuvçan”, degan edi Mişel keyinçalik.

Mişelning ğorga tuşganiga 206 kun bölganda tadqiqotçilar guruhi tajribani yakunlaydi va olim Yer yuziga çiqariladi. Şunda u yana hayratga tuşadi.

Çunki birinçi sinovda bölganidek, bu safar ham Mişel vaqt va sanalarni hisoblaşda bir oyga yaqin muddatga adaşadi. Ğorda u öylaganidan köproq vaqt ötgandi.

onedio.com

Öşanda Mişelni ğordan çiqarib olişganda u jarohatlangan, ruhiyatida kuçli özgarişlar sodir bölgan holda edi.

Keyingi sinovlar

Mişel Siffr keyinçalik ham ğorlarni örganişda davom etdi va bir qança sinovlarda qatnaşdi. Ana şunday sinovlarning biri 1974 yilda Gvatemala davlatida bölib ötadi. Mişel bu davlatda joylaşgan ğorlarning birini örganadi va u yerda ham sinov-tajriba ötkazadi.

1988 yilda Mişel fransiyalik ğorşunos Veronika Le Gen ötkazgan tadqiqotda qatnaşadi va 111 kun Fransiyadagi ğorlarning birida yaşab, özining biologik ritmini örganadi.

1999 yilda Mişel Siffr Fransiyaning Ero departamentida joylaşgan Klamus ğorida ikki oydan köproq vaqt yolğiz yaşaydi. Bu sinov-tajriba ham insonning içki biologik soati böyiça edi.

2021 yilda geolog-ğorşunos 15 kişilik guruh tuzadi va ular bilan Fransiyaning Ariyejye departamentidagi Lobriv ğoriga tuşadi. Guruhga yana bir olim Kristian Klot boşçilik qiladi.

www.theaustralian.com

Guruhda bir neça nafar ayol ham bor edi. Ular 40 kun davomida ğorda vaqt va sanani körsatuvçi jihozlarsiz yaşaydi.

Bu tajribadan maqsad – insonlar ğorda guruh bölib yaşaganda ham Mişel Siffr boşdan keçirgan jarayon sodir böladimi-yöqmi, şuni aniqlaş edi. Tajriba yakuniga yetganda insonning içki biologik soati guruh bölib yaşaganda ham işlaşi ma’lum böladi.

Mişel Siffr 2024 yil 5 avgustda Fransiyaning Nitssa şahrida 85 yoşida vafot etadi.

Mişel Siffr ötkazgan tajribaning ilmiy ahamiyati va oqibatlari

Texasdagi ğorga tuşiş arafasida taniqli geolog va ğorşunos bölgan Mişelning ikkinçi sinov-tajribadan söng soğligi yomonlaşadi.

Unda xotira pasayadi, özi qattiq tuşkunlikka tuşib qoladi. Şuningdek, Mişelda gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Ruhiyatida özgarişlar böladi.

The New York Times

Biroq u qiynalib ötagan tajriba natijalari ilm-fan taraqqiyoti uçun muhim yangilik böladi. Jumladan, uyqu bilan boğliq kasalliklar va depressiyaga uçragan odamlarni davolaşda uning tajribalari qöl keladi.

Bundan taşqari, Mişelning tadqiqotlari NASAni qiziqtirib qoladi va amerikaliklar kosmonavtlarni parvozga tayyorlaşda olimning tajribalaridan foydalana boşlaydi.