Jahon | 07:52 / 11.07.2018
45786
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada yirik timsoh ushlandi

Avstraliyalik reynjyerlar Ketrin darasi hududida yirik timsohni ushlashdi. Bu haqda CTV News xabar bermoqda. 

Foto:AP / NT Department of Tourism and Culture

Reynjyerlarning aytishicha, bu Ketrin daryosida kuzatilgan timsohlardan eng kattasidir. Ta'kidlanishicha, odatda bu hudud yirtqichlardan nisbatan xavfsiz hisoblanadi.

Foto:AP / NT Department of Tourism and Culture

Ushlangan timsohning uzunligi 4,7 metr bo‘lib, og‘irligi 600 kgni tashkil qilgan. 

Ketrin darasi sayyohlar orasida ommalashgan bo‘lib, ular bu yerda cho‘milishadi, kanoeda suzishadi va kruizlar amalga oshirishadi.

Reynjyer Jon Berkning aytishicha, ular bu hududda 10 yil davomida yirik timsohga ov qilishgan. “Bu biz ushlagan eng katta timsohdir”, deb aytgan Berk.

Yirtqich timsohlar fermasiga jo‘natilgan.

Foto:AP / NT Department of Tourism and Culture

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid