Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Horun Yahyo nomi bilan tanilgan voiz hibsga olindi
Turkiya politsiyasi Horun Yahyo nomi bilan tanilgan islom voizi Adnan Oktarni hibsga oldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Xabarda aytilishicha, xavfsizlik kuchlari Oktar guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan 235 kishini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqda. Istanbul politsiyasining moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi Turkiyaning beshta viloyatida operatsiya o‘tkazmoqda.
Guruh a'zolari jinoiy tashkilot tuzish, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilish, voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa, bola o‘g‘irlash, zo‘rlash, shantaj, noqonuniy ravishda odamlar erkinligini cheklash, harbiy va siyosiy josuslik, diniy e'tiqoddan foydalanib tovlamachilik qilish, shaxsiy hayotga daxlsizlik, hujjatlarni soxtalashtirish va boshqa ko‘plab jinoyatlarda ayblanmoqda.
Horun Yahyo taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Oktar yozuvchi, islom kreatsionisti. U 300dan ortiq siyosiy, diniy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi bo‘lib, asarlari 76 tilga tarjima qilingan.
Oktar 1986 yilda "dindan dunyoviy davlatning ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy tuzumini o‘zgartirish maqsadida foydalanish" ayblovi bilan qo‘lga olingan. Sud jinoyat alomati yo‘qligi uchun Oktarni ozod qilish haqida hukm chiqargan.
Turk OAVlarining yozishicha, Oktar soxta islomiy sekta yetakchisidir.
Mavzuga oid
13:14
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026