Apple’ning sobiq xodimi maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda
Apple kompaniyasi sobiq xodimini haydovchisiz avtomobil loyihasi haqidagi maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlashda aybladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, xitoylik muhandis Syaolan Chjan 7 iyulda San-Xose xalqaro aeroportida Xitoyga uchib ketish vaqtida ushlangan. U Guanchjoudagi Xiaopeng Motors kompaniyasida ishlamoqchiligini aytib, Apple’dan 2018 yil aprelda bo‘shab ketgan. Kompaniya xodimini tarmoqdagi faolligi oshgani va ishdan bo‘shagandan keyin ofisga tez-tez kelib turishi sababli ma'lumotlarni o‘g‘irlashda gumon qila boshlagan.
Chjan FQB tomonidan so‘roq qilinganda haydovchisiz avtomobil loyihasi ma'lumotlarini rafiqasi noutbukiga ko‘chirib olganini tan olgan. Xiaopeng Motors vakili Chjan Apple’ning maxfiy ma'lumotlarini bermagani va uning ishi AQShda tergov qilinayotgani ma'lum bo‘lishi bilanoq bo‘shatib yuborilganini ma'lum qilgan.
The Washington Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, erkak aybdor deb topilsa, 10 yillik qamoq jazosi olishi va 250 ming dollarlik jarimaga tortilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024