Light | 21:43 / 14.07.2018
25658
2 daqiqa o‘qiladi

Fotograf tomchisi suyaklargacha eritib yuboradigan kislotali hovuzlarni suratga oldi

Bu g‘aroyib suratlar koinot haqidagi biror filmdan lavhaga o‘xshaydi, aslida esa ular bizga judayam yaqin. Bu hovuzlarni Sharqiy Afrikadagi Danakil sahrosining qoq yuragida ko‘rish mumkin, deb yozadi Metro.

Bu kislotali hovuzlarni fotograf Neta Dekel suratga tushirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu u umri davomida suratga olgan eng g‘aroyib maskanlardan biridir.

"Kislota o‘ta xavfli — bir tomchisi suyaklaringizgacha eritib yuboradi. Hovuzlar Ertale vulqoni yaqinida joylashgan va vulqon kuli bilan o‘ralgan. Hidi ham osmongacha o‘rlaydi. U shunchalar badbo‘y ediki, nafas olishning imkoni yo‘q edi"

Foto: Neta Dekel/Caters News

Danakil sahrosi uch mamlakat: Efiopiya shimoli-sharqi, Eritreya janubi va Jibuti shimoli-g‘arbi bo‘ylab 100 ming kvadrat kilometrdan ortiqroq maydonga cho‘zilgan. Bu yer dunyodagi eng issiq joylardan biri bo‘lib, kunduzgi harorat ko‘pincha 50 darajadan yuqori bo‘ladi.

Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Foto: Neta Dekel/Caters News
Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish