Jahon | 09:40 / 15.07.2018
14655
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqiga xavf solayotgan bosh tahdidlar ma'lum qilindi  

Foto: EPA/ZURAB KURTSIKIDZE

Yevropa xalqaro munosabatlar kengashi (ECFR) Yevropa Ittifoqiga xavf solayotgan bosh tahdidlarni ma'lum qildi. Bunday tahdidlar orasida 1-o‘rinni radikal islom guruhlari egallamoqda. 2-o‘ringa Rossiya va xalqaro jinoiy tashkilotlar, 3-o‘ringa Shimoliy Koreya qo‘yilgan. Tegishli doklad kengash saytida joylashtirilgan. 

Doklad mualliflarining ta'kidlashicha, 2008 yilda Rossiya bunday tahdidlarning uchtaligiga kirmagan.

Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, Moskvaning harakatlaridan ko‘proq Finlyandiya, Estoniya, Ruminiya, Litva va Polshada qo‘rqishar ekan. Buyuk Britaniya va Germaniyada ham Rossiyadan xavfsirash bor. Shu bilan birga Kipr, Italiya, Gretsiya, Vengriya va Portugaliya Rossiyani xavfli deb hisoblamaydi.  

Mutaxassislar bunday “kayfiyatlar”ga “axborot maydonida Rossiyaga nisbatan adovat borligi va u tomonidan sodir etiladigan qiberhujumlar” sabab deb aytishgan.

Tahlilchilar dokladni tayyorlashda Yevropaning hukmron doiralari vakillari mutaxassislar fikrini o‘rganishgan, OAVdagi materiallar va rasmiy hujjatlarni tahlil qilishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid