Jahon | 16:30 / 15.07.2018
11240
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meyga Yevropa Ittifoqini sudga berishni taklif qilgan

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey AQSh prezidenti Donald Tramp unga mamlakatning YeIdan chiqishini muhokama qilish o‘rniga Yevroittifoqni sudga berishni taklif qilganini aytdi. U bu haqda VVS telekanalining «Endryu Marr shousi» ko‘rsatuviga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Dastur olib boruvchisi Meydan Trampning Tereza Meyga «kuchli maslahat» bergani haqidagi so‘zlarini izohlashni so‘radi.

«U menga YeIni sud qilish kerakligini aytdi. Ular bilan muzokara olib borish emas, sudga berish kerakligini. Ammo qizig‘i, o‘sha matbuot anjumanida u muzokaralardan voz kechmaslik kerakligini aytdi. Shuning uchun muzokaralar stoliga o‘tirish va Buyuk Britaniya uchun eng maqbul kelishuv haqida kelishib olish imkoniyati bo‘lishini istardim»,— dedi bosh vazir.

«Breksit» oqibatlari AQSh prezidentining Londonga tashrifi davomidagi muhim mavzulardan biri bo‘ldi. Donald Tramp Buyuk Britaniya tomonidan tanlangan YeIdan «yumshoq» chiqish strategiyasi Londonning Vashington bilan tuzadigan bo‘lajak shartnomasini «o‘ldirishini» aytdi. Mey xonimning o‘zi bu strategiyani to‘g‘ri deb hisoblaydi va fuqarolarni hukumatning YeIdan chiqish bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqda.

Mavzuga oid