Yevropa Ittifoqi «Breksit»dan keyin Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini tartibga soladigan kelişuv böyiça muzokaralarni davom ettirişga qaror qildi, ammo a'zo davlatlarni tuşunmovçilik va nizolarga tayyor bölişga çaqirdi.
Yevropa Ittifoqi Kengaşining matbuot kotibi Barend Leyts ittifoq rahbarlari sammiti davom etar ekan, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya munosabatlari böyiça Kengaş qarori qabul qilinganini e'lon qildi.
Qarorda Yevropa Ittifoqi 31 dekabrda tugaydigan «Breksit» ötiş davrida Buyuk Britaniya bilan kelişuvga erişiş uçun yetarliça oldinga siljişlar bölmagani haqidagi fikr joy olgan. Rahbarlar Yevropa Ittifoqining boş muzokaraçisi Mişel Barniyerdan kelgusi haftalarda muzokaralarni davom ettirişni söraşgan va Buyuk Britaniyani kelişuvga erişiş uçun zarur çoralarni körişga çaqirişgan.
Şuningdek, YeI Buyuk Britaniya çiqiş şartnomasi va uning protokollarini töliq bajarişi kerakligini ta'kidlagan. Qarorda «Yevropa Kengaşi barça a'zo davlatlarni, Yevropa Ittifoqi institutlarini va manfaatdor tomonlarni barça oqibatlarga, şu jumladan, mojaroga tayyorgarlik köriş uçun öz işlarini tezlaştirişga çaqiradi va Yevropa Ittifoqi Komissiyasini ittifoq manfaatlariga javob beradigan bir tomonlama, favqulodda vaziyat rejalarini körib çiqişni taklif qiladi», degan bayonotni ham kiritgan.
Breksitdan keyingi munosabatlar
31 yanvar kuni Yevropa Ittifoqidan çiqqan Buyuk Britaniya ittifoq bilan ikki tomonlama munosabatlar, xususan, savdo-sotiq böyiça har tomonlama muzokaralar olib bormoqda. 31 dekabrda tugaydigan ötiş davri mobaynida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi qoidalariga böysunadi.
Britaniyalik rasmiylar Yevropa Ittifoqining e'tirozlariga qaramay, ötiş davrini uzaytirmaslikni va muzokaralar 2020 yil oxiriga qadar yakunlanişi kerakligini ta'kidlaşmoqda. Muzokaralardagi tanglik, mumkin bölgan bitim imkoniyatlarini asta-sekin kamaytirmoqda. Agar kelişuvga erişilmasa, ikki tomon örtasidagi tijorat aloqalari 2020 yil 31 dekabrdan keyin Jahon savdo taşkiloti qoidalariga muvofiq amalga oşiriladi.
Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson 7 sentyabrdagi bayonotida Yevropa Ittifoqiga 15 oktyabrgaça kelişuvga erişiş uçun vaqt bergan edi.















