Keskin breksitga köra, tomonlar bir töxtamga kela olmasa, Britaniya 31 dekabr kuni Yevropa Ittifoqidan heç qanday kelişuvsiz çiqib ketişi kerak edi. Bu esa köplab sudlar va har ikki tomon uçun katta zarar körinişida muammolar keltirib çiqarardi. Mişel Barne va Devid Frost boşçiligidagi guruh nihoyat 31 dekabrdan keyin YeI va Britaniya örtasidagi savdo aloqalari, umuman, ikki tomonlama manfaatli munosabatlar qanday bölişi borasida muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlaşdi.

668 milliard funtni boşqaruvçi kelişuv

«2016 yilgi referendum vaqti britaniyaliklarga taklif qilingan barça va'dalar uşbu kelişuvda amalga oşirildi. Biz pullarimiz, çegaralarimiz, qonunlarimiz, savdomiz va baliği bor suvlarimiz ustidan nazoratni qaytib oldik. Biz Yevropa Ittifoqi tarixidagi ilk tölovi bölmagan tarifga va kvotaga ega şartnomani imzoladik. Bu ikki tomonlama şartnoma 2019 yilda 668 milliard funtni taşkil etgan yirik savdo aylanmasini nazorat qiladi», deyiladi qirollik hukumati bayonotida.

«Breksit tarixga aylanib, işlaşda davom etişimiz kerak»

Bryusselda ötkazilgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen xonim kelişuvni halol va har jihatni hisobga oluvçi deb atadi. Yevrokomissiya rahbari bu işni tezroq tugatib, kelajakka qaraş kerakligini, Britaniya ittifoqning işonçli hamkori bölib qolişini aytgan.

«Bugun tanamda yengillik tuydim. Qiyin kunlarni boşdan ötkazayotgan britaniyalik döstlarimizga şunday demoqçiman: ayriliq qayğu, lekin uning töliq amalga oşişi öz navbatida şirin ham. Yevropaliklarga esa breksit endi tarixga aylanganini aytmoqçiman. Bizning kelajagimiz Yevropada.

Keyingi tört yilda Yevropa Ittifoqi birdamligini saqlab qoliş, Irlandiya orolidagi muvozanatni saqlaş, inson huquqlarini ta'minlaş, bozorlarning birdamligini saqlaş va Britaniya bilan yangi hamkorlikni yaratiş kabi işlarni amalga oşirişimiz kerak. Hammaga rahmat», degan Ursula fon der Lyayyen matbuot anjumanidagi ta'sirli çiqişi davomida.

Yevrokomissiya rahbarining aytişiça, muzokaralar vaqtida keskin breksit 450 million yevropalikdan köra, 66 million britaniyalik uçun zararliroq bölişini inobatga olgan holda ötkazilgan. Kelişuvda tomonlar yagona bozorda soğlom raqobatni amalga oşirişi va bu kelişuv ortidan qandaydir ustunlikka ega bölmasligi ta'minlangan.