Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Emomali Rahmon avgustda O‘zbekistonga keladi
Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bugun, 16 iyul kuni Farg‘onada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar berdi «AP» Tojikistondagi manbasiga tayanib.
Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari tarkibiga ikki davlatning vazirlik va idoralari, iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari kiritilgan.
Hukumat delegatsiyalari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, bo‘lajak yuqori darajadagi O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladi.
Tomonlar mart oyida Dushanbeda imzolangan kelishuvlar va O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan shartnomalarning amalga oshirilishi qanday borayotganligini muhokama qiladi.
«AP»ning Tojikiston hukumatidagi manbasi xabar berishicha, respublika prezidenti Emomali Rahmon shu yilning avgust oyi ikkinchi yarmida O‘zbekistonga javob tashrifi bilan keladi.
Mavzuga oid
17:51 / 13.05.2026
«Do‘stlik – abadiy, dushmanlik – hech qachon» - Tojikiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi
19:12 / 18.04.2024
O‘zbek va tojik xalqlari do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan - Mirziyoyev va Rahmon bayonoti
22:34 / 25.03.2024