Parijda Fransiyaning JCh-2018’dagi g‘alabasi sharafiga metro stansiyalari qayta nomlandi
Parij shahar transport boshqarmasi futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning JCh-2018’dagi g‘alabasi sharafiga metroning 6 stansiyasini vaqtinchalik qayta nomlashga qaror qildi. Jumladan, ikkita stansiya terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham va bittasi jamoa sardori Ugo Loris nomiga qayta nomlandi.
Stantsiyalar avvalgi nomi deyarli saqlanib qolgan holda so‘z o‘yinidan foydalangan holda qayta nomlangan. Misol uchun, Victor Hugo stansiyasi Ugo Loris sharafiga Victor Hugo Lloris (Viktor Ugo Loris) deb, Desham sharafiga esa Notre-Dame des Champs stansiyasi Notre Didier Deschamps (Bizning Dide Desham), Shamps-Elysees – Clemenceau stansiyasi Deschamps Elysees – Clemenceau (Desham Elize - Klemanso) deb nomlangan.
Shuningdek, Charles de Gaulle – Etoile stansiyasi On a 2 Etoiles (Bizda endi ikkita yulduz bor), Avron esa Nous Avron Gagne (Biz Avronda yutdik), Bercy esa Bercy les Bleus (Rahmat, Ko‘klar) deb qayta nomlangan.
Shuningdek, London metrosiniing Southgate (Sautgeyt) stansiyasi Angliya terma jamoasining jahon chempionatida 4-o‘rinni egallagani sharafiga 2 kunga jamoa bosh murabbiyi sharafiga Gareth Southgate (Garet Sautgeyt) deb qayta nomlanishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
09:30 / 09.09.2024
Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston - 13-o‘rinda
08:40 / 29.08.2024