Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poyezd oshxonasidan marixuana topildi
Foto: Toshkent shahar bojxona boshqarmasi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda “Astana-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga kirib kelgan yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish vaqtida qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati Kun.uz'ga xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro O.S. vagonning oshxona jihozlari turadigan shkafning pastki qismida joylashgan maxsus joyda umumiy qiymati 2 000 000 so‘mlik jami 120 dona EZ Revolution cartridges nomli inson badanini tatuirovka qilish uchun mo‘ljallangan ignalarni yashirib yurtimizga olib kirmoqchi bo‘lganlikda gumonlanmoqda.
Bojxona nazorati jarayonida oshxona shkafidagi qutilar ostida 1 dona qora rangli polietilen paket o‘rami ham yashirilib qo‘yilganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu polietilen paket o‘rami xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, uning ichida polietilen paket parchalariga o‘ralgan, giyohvandlik vositasiga o‘xshash xashaksimon o‘simlik borligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert kriminalistik markazining xulosasiga asosan ushbu aniqlangan giyohvandlik vositasiga o‘xshash xashaksimon o‘simlik vazni 20,71 gr.ni tashkil etuvchi “Marixuana” giyohvandlik vositasi, deb topildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
15:02 / 23.12.2025
2026 yildan bojxona yig‘imlari kamayadi va imtiyozlar joriy etiladi
18:22 / 20.12.2025