Jahon | 17:00 / 16.07.2018
29138
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Trampga «og‘riqli nuqtalar»ga e'tibor qaratishni taklif etdi

Foto: Lehtikuva Lehtikuva/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, Vashington va Moskvada yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. 

«Bizning davlatlarimizda o‘zaro munosabatlarni yaxshilash uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Bunday munosabatlarni uzoq yillar saqlab qolish mumkin», – degan u rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv avvalida.

Ayni vaqtda Xelsinkidagi prezident saroyida AQSh va Rossiya prezidentlarining yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbiga «og‘riqli nuqtalar»ga e'tibor qaratishni taklif etgan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari doimiy muloqotni davom ettirishi zarur.

«Sovuq urush allaqachon tugagan, ikki mamlakatning o‘tkir g‘oyaviy qarama-qarshiligi uzoq tarixda qoldi, dunyodagi vaziyat tubdan o‘zgardi. Biz doimiy ravishda aloqa qilib kelmoqdamiz. Biz telefon orqali muloqot qilamiz, xalqaro maydonlarda uchrashdik. Endi esa o‘zaro munosabatlarimiz va xalqaro maydondagi «og‘riqli nuqtalar»ni muhokama qilish payti keldi», — degan Putin.

U e'tibor qaratish zarur bo‘lgan mavzular bisyor ekanini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid