Jahon | 08:20 / 17.07.2018
5453
1 daqiqa o‘qiladi

Gavayida lava otilishi oqibatida 23 kishi jarohat oldi

Foto: Hawaii News Now

Gavayi orollaridagi Kilauea vulqonidan lava otilishi oqibatida 23 kishi jarohat oldi. Bu haqda Hawaii News Now axborot portali ma'lum qildi.

Lava otilishi 16 iyul ertalab yuz bergan. Lavadan iborat vulqon bombasi bortida 49 yo‘lovchi va 3 ekipaj a'zosi bo‘lgan kema tomiga tushib, unda darcha hosil qilgan. Jarohatlanganlardan biri son suyagi sinishi bilan shifoxonaga yetkazilgan, qolgan yo‘lovchilar kuyish va tirnalish jarohatlari olishgan.

Kilauea sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan biri deb ataladi. Uning oxirgi otilishi 1983 yil 2 yanvarda yuz bergan va hozirgacha davom etib kelmoqda. May boshida vulqon faollashishi oqibatida hukumat aholi evakuatsiyasini e'lon qilgandi.

Avvalroq AQSh geologik xizmati Gavayi arxipelagi o‘lchami vulqon otilishi natijasida 2 kvadrat kilometrdan ko‘proqqa oshganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid