Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sindzo Abe ishonchni oqlay olmagani uchun o‘z xalqidan kechirim so‘radi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bir qator mojarolardan keyin unga va uning hukumatiga ishonch yo‘qolgani uchun o‘z xalqidan kechirim so‘radi. Abe milliy parlamentning navbatdagi sessiyasi tugagani munosabati bilan o‘tgan matbuot anjumanda kechirim so‘radi.
Bosh vazir uning hukumati oxirgi yillar aralashib qolgan mojarolar boshqa qaytarilmasligi uchun barcha zarur ishni qilishga va'da bergan.
Avvalroq Yaponiya parlamenti quyi palatasi 6 ta muxolif partiya tomonidan ko‘rib chiqishga kiritilgan, hukumatga ishonchsizlik taklifini rad etgan.
Oxirgi ikki yil davomida Abe hukumati bir qator mojarolar markazida qolgan. Bu mojarolardan asosiylaridan biri davlat yerini Abening rafiqasi bilan bog‘langan tashkilotga ancha kamaytirilgan narxda sotilgani haqidagi hujjatlarning moliya vazirligi tomonidan soxtalashtirilgani bilan bog‘liq. Yana bir yirik mojaro yangi veterinar ta'lim muassasasining tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda shaxsan bosh vazir yordam berishda gumon qilingan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026