Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina o‘z hududida AQSh bazalarini qurishga rozilik berdi – OAV
Argentina prezidenti Maurisio Makri mamlakatda AQShning bir nechta bazalarini qurishga rozilik berdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Meksikaning Aristegui Noticias portali ma'lum qildi.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, gap kamida uchta harbiy baza haqida ketmoqda. Bu bazalar Neuken, Misones va Olovli Yer (u yerdan Antarktidani nazorat qilish mumkin) viloyatlarida quriladi. Ta'kidlanishicha, ushbu bazalarning qurilishi tarafdorlaridan biri Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich hisoblanadi.
Bundan tashqari, Bullrich Argentinaga amerikalik instruktorlarning kelishini ma'qullagan. Ular Argentina politsiyasi xodimlarini noyabrda o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammiti oldidan tayyorlaydilar. Biroq bu Argentina qonunlariga zid kelmoqda, chunki bunday harakatlarga kongress roziligi zarur hisoblanadi, ammo u olinmagan.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026