Sport | 22:26 / 23.07.2018
5457
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» peshqadamlikni mustahkamladi

Foto: UFA Matbuot xizmati

Superligada 18-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Paxtakor» Toshkentda «Metallurg» bilan bellashdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchala gol ham legionerlar tomonidan urildi. 24-daqiqada Tiagu Bezerra hisobni ochgan bo‘lsa, 89 va 93-daqiqalarda Ismoil Gonsalvesh uni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 42 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. «Metallurg» 24 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

Superliga, 18-tur
23 iyul, Toshkent
Paxtakor (Toshkent) — Metallurg (Bekobod) - 3:0
Gollar
:  Tiago Bezerra (24), Ismoil Gonsalvesh (90 pen, 90+3)

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Shoxruxbek A'zamov, Maksim Nexochin, Elyor Tursunov.
Paxtakor: Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak (Farrux Sayfiyev, 74), Sherzod A'zamov (s), Yegor Krimets, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Ismoil Gonsalvesh, 85), Jasur Yaxshiboyev, Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 64), Tiago Bezerra
Metallurg: Zafar Safoyev (s), Zoir Jo‘raboyev (Abror Husinov, 68), Abror Toshqo‘ziyev, Jasur Hasanov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hoshimov (Shahzod Shaymanov, 62), Andrey Shipilov, Sherzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Zohid Abdullayev, 78), Bahodir Pardayev, Otabek Zokirov

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid