O‘zbekiston | 12:23 / 23.07.2018
104267
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda iyul oyining oxirida havo harorati pasayadi

Foto: KUN.UZ

O‘zgidromet iyul oyi oxiriga mo‘ljallangan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 25-28 iyul kunlari mamlakatda havo harorati asta-sekin pasayadi. Ba'zi joylarda harorat 31 darajagacha tushadi.

25-28 iyul kunlari uchun ob-havo ma'lumoti 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25 iyul kechasi harorat 20-25 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari 17-22 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25 iyul kuni kechasi harorat 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25 iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, respublikada so‘nggi haftalar ichida anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda. Kunduzgi soatlarda harorat 40-43 daraja issiqdan ham ko‘tarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid