Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov «Arsenal»dagi o‘z aksiyalarini sotish imkoniyatini o‘rganmoqda
Foto: Getty Images
Milliarder Alisher Usmonov «Arsenal» futbol klubining o‘ziga tegishli 30 foiz aksiyalarini sotib yuborish imkoniyatini faol ravishda o‘rganmoqda, deb yozadi Financial Times o‘z manbalariga asosan.
Xabar qilinishicha, asosiy sabab - aksiyalar nazorat to‘plamini sotib olishning iloji yo‘qligi.
Bundan oldin Usmonov klubning boshqa bir aksioneri, amerikalik tadbirkor Sten Kronkega ulushini (67%) 1,3 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ evaziga sotib olishni taklif qilgandi, biroq tomonlar muzokaralarga ham kirishmadi.
FT'ning yozishicha, o‘tgan yil oktabrida Usmonov, o‘z navbatida, o‘z to‘plamini Kronkega 525 million funt sterling evaziga sotishni rad etgan:
«Men doimo «Arsenal»ni qo‘llab-quvvatlaganman va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. O‘zimning 30 foizlik ulushimni klubda muxlislar manfaatlarini himoya qilishning muhim jihati, deb hisoblayman», - degan o‘shanda Usmonov.
FT ma'lumotlariga ko‘ra, Usmonov manfaatdor tomonlar bilan muzokaralarni boshlagani hozircha noma'lum, ammo xabar berilishicha, bu aksiyalarni Kronke sotib olishini taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Bundan avval Usmonov «Arsenal» egalarini jamoaning rivojlanishiga investitsiyalar yetarli miqdorda ajratilmayotgani uchun tanqid qilgandi.
Alisher Usmonov «Arsenal» aksiyalarini ilk bor 2007 yilda sotib olgan, 2016 yilda o‘z to‘plamini hozirgi 30 foizga qadar oshirdi.
Mavzuga oid
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
11:38 / 31.12.2025