Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi yong‘inlar qurbonlari ortib bormoqda
Gretsiya janubi-sharqidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 kishiga yetdi. 160 dan ortiq odam turli jarohatlar olgan. Yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
Qurbonlar orasida boolalar ham bor. Qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki o‘t o‘chirish xizmatiga o‘z yaqinlarini qidirayotgan odamlardan qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda.
Mamlakatda bir kun ichida bir vaqtning o‘zida 15 ta yong‘in o‘chog‘i hosil bo‘lgandan so‘ng favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan. Hukumatda yong‘inlar ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmayapti. Gretsiyalik qutqaruvchilar amerikalik harbiylardan Gretsiya havo hududidagi istalgan shubhali harakatlar ortidan kuzatishni iltimos qilishgan. Yong‘inlarni o‘chirishda 600 dan ko‘proq o‘t o‘chiruvchi va 300 ta texnika ishtirok etmoqda.