Shoakram Isroilov O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligini tark etdi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/3/0pBDZmG1HQ5RKrYj4pDHnfQ5l6d0OPwU.jpg)
Ayni vaqtda uning o‘rnida birinchi o‘rinbosar Oybek Qosimov vaqtinchalikka vazirlikni boshqarmoqda.
![](http://storage.kun.uz/source/uploads/20180104/MARUF/spq3.jpg)
Eslatib o‘tamiz, shu yil fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov uning o‘rnini egallagan, mart oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.