Prezidentning tegişli qaroriga muvofiq Karimov Avazjon Qudratillayeviç Sport vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Sport vazirining maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avazjon Karimov 1983 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2005 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016 yilda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini, 2021 yilda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2006 yilda Karate milliy federatsiyasi raisi örinbosarligidan boşlagan. 2019-2020 yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2020-2021 yillarda jismoniy tarbiya va sport vaziri örinbosari, 2021-2022 yillarda turizm va sport vaziri örinbosari, 2022-2023 yillarda sportni rivojlantiriş vaziri maslahatçisi, 2023-2024 yillarda yoşlar siyosati va sport vaziri maslahatçisi bölgan.












