21 yanvar kuni köhna va navqiron Buxoro şahrida investitsiya dasturi asosida töliq ta'mirdan çiqarilgan Olimpiya zaxiralari kollejining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev iştirok etdi.

Marosimda Buxoro viloyatining çempion öquvçilari, faxriy sportçilar, kollej jamoasi, Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar uşbu maskan endilikda yoşlarning öz iqtidor va imkoniyatlarini töliq namoyon etişlari uçun keng imkoniyatlar taqdim etişini alohida ta'kidlab, buning uçun Hukumatimiz, qolaversa Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taşakkur izhor qilişdi.

Şundan söng vazir kollejning öquv xonalari, kimyo, biologiya, informatika va laboratoriya xonalarini közdan keçirib, ta'mirlaniş va jihozlaniş holati bilan tanişdi. Sport majmuasidagi taekvondo zalida sportçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlaşib, yutuq va kamçiliklarga töxtalib ötdi.

Boks zalida Özbekistonda xizmat körsatgan murabbiy Ravşan Xodjayev bilan suhbatlaşib, bölğusi çempionlarning natijalari va kelgusidagi öquv-yiğin maşğulotlari bilan qiziqdi.

Kollejning badiiy gimnastika zalida gimnastika gilami ta'mirtalab ahvolda ekanligini körib, bu yerga vazirlik nomidan yangi gimnastika gilami sovğa qilindi. Sportçilar yangi gilam ustida öz maşğulotlarini davom ettirişdi.

Şuningdek, D.Nabiyev kollejning yangi qurilgan oçiq futbol, voleybol va stol tennisi maydonlarini ham közdan keçirdi.

Tadbir söngida vazir öquvçilar va ularning ota-onalari bilan esdalik uçun suratga tuşdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati