Jamiyat | 15:05 / 25.07.2018
18142
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazida yangi radarlar o‘rnatildi

Foto: UzA

Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, poytaxtdagi markaziy ko‘chalaridan birida yana 4ta radar ishga tushirildi.

Qayd etish joizki, kameralar Abdulla Qodiriy ko‘chasining tunnel bor qismiga, unga kirish va chiqish joyida o‘rnatilgan.

Avtotransport vositalarining tezligini qayd etish uchun radarlar sonini ko‘paytirishdan maqsad - poytaxtda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish, haydovchilarni intizomli bo‘lishga undashdi.

Qayd etilishicha, ko‘p hollarda haydovchilar tunnellar ichida katta tezlik bilan harakatlanadi, bu ularning hayoti va yo‘l harakatiga xavf tug‘diradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid