Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekkino” huzurida yangi markaz tashkil etildi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzurida Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi:
kinoindustriya sohasining, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar kinokompaniyalarning ijodiy-ishlab chiqarish, texnik va boshqa xodimlarini shartnoma asosida rejissura, prodyuserlik, aktyorlik mahorati, kinooperatorlik, animatsiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
nazariy jihatdan tayyorlashni amaliy ishlar bilan integratsiya qilish, kinoindustriya sohasida tajribaga ega malakali o‘qituvchilar va mutaxassislarni, shuningdek, xorijiy ekspertlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb qilish;
metodik va axborot bazasini yaratish, yaxshilash, doimiy yangilab borish, kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha zarur o‘quv qo‘llanmalari hamda tavsiyalarini ishlab chiqish;
kinoindustriya sohasi xodimlarini xorijiy kinokompaniyalarda qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etish, chet ellik hamkorlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Markaz davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi;
Markaz kinoindustriya sohasining, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar kinokompaniyalarning ijodiy-ishlab chiqarish, texnik va boshqa xodimlarini o‘qitish uchun olinadigan mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Markazga “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025