Jamiyat | 01:32 / 26.07.2018
39146
3 daqiqa o‘qiladi

Imtihon kuzatuvchisiga bir smena uchun qancha haq to‘lanishi ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Test sinovlari paytida mehnat qilgan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining xizmati haqi belgilandi. Ya'ni, bir kishi bitta smena uchun 49 452,0 so‘m haq olishi mumkin. 

Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazilishiga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash - ular ishlayotgan tashkilot va muassasalarning byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Ushbu to‘lov Davlat test markazining dalolatnomasi asosida bir smenaga 71 153,0 so‘m (daromad solig‘i va pensiya jamg‘armasiga ajratilmalarni chiqarib tashlaganda bir kishiga 49 452,0 so‘m) miqdorida to‘lanishi ma'lum bo‘ldi.​

Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini o‘tkazishga jalb qilinadigan oliy ta'lim muassasalari va umumiy o‘rta ta'lim maktablarining xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘rtasida test sinovlarini o‘tkazish jarayonida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish to‘g‘risida moliyaviy majburiyat ko‘rsatilmagan shartnoma tuziladi.

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari jarayoni yakunlangach, Davlat test markazi test sinovlarini o‘tkazishga jalb qilingan xodimlarining test sinovlaridagi ishtirokini va ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlovchi ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan xodimlarning test sinovlaridagi ishtiroki va ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlovchi ma'lumot (hujjat) asosida test sinovlarini o‘tkazishga jalb qilingan oliy ta'lim muassasalari va umumiy o‘rta ta'lim maktablarining xodimlariga ularning asosiy ish joylaridan mehnat haqi to‘lanadi.​

Mavzuga oid