Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konor Makgregorga avtobusga hujum qilishi ishi bo‘yicha hukm chiqarildi
Foto: xuehua.us
Sud MMA jangchisi Konor Makgregorni aprelda UFC jangchilari ketayotgan avtobusga hujum qilgani uchun 5 kunlik jamoat ishlarini bajarishga mahkum qildi.
ESPN telekanalining xabar berishicha, irlandiyalik ishlarni bajarib bo‘lgach, o‘zini nazorat qilish kurslaridan o‘tishi lozim bo‘ladi.
Aprelda Makgregor va yana bir necha jangchi Bruklinda rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov va yana boshqa jangchilar bo‘lgan avtobusga hujum qilgandi. Irlandiyalik avtobusga aravachani uloqtirib, uning oynasini sindirgan. Buning oqibatida avtobus ichidagi ikki jangchiga jarohat yetgandi. Makgregor ushbu qilmishi uchun politsiya tomonidan hibsga olingan, biroq 50 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborilgandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025