Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi uchrashuvlari taqvimi ma'lum bo‘ldi
Foto: baomoi.com
Shu yilning 18 avgust – 2 sentabr kunlari Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada «B» guruhidan joy olgan. Unda Ravshan Haydarov shogirdlariga Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoasi raqib bo‘ladi.
Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi (INASGOC) bugun futbol bo‘yicha guruh bosqichi bahslarining taqvimini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 14 avgust kuni 1-tur doirasida Bangladeshga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoamizning guruh bosqichidagi o‘yinlari sanasi va vaqti quyidagicha:
14 avgust
1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00
16 avgust
2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
19 avgust
3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
Izoh: O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Eslatib o‘tamiz, XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi Jakartadagi «Gelora Bung Karno Stadium»da 18 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:08da boshlanadi.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025