Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston to‘qimachilik klasterlari sonini uch baravarga oshiradi
2018 yil oxiriga kelib, O‘zbekiston to‘qimachilik klasterlari sonini uch baravarga oshiradi, deya ma'lum qildi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi Ilhom Haydarov.
«Joriy yildan boshlab to‘qimachilik klasterlari loyihalarini amalga oshirishga kirishdik. Bugungi kunda ularning soni 15ta, 2019 yilga kelib uch baravarga ko‘payishini kutmoqdamiz. Shunday qilib, to‘qimachilik sohasida tajribamizni qishloq xo‘jaligiga olib chiqamiz - yangi texnologiyalar, innovatsiyalar, agar lozim bo‘lsa, yangi boshqaruv tizimlari. Biz ushbu loyihalar muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb o‘ylaymiz, hamda ular sifatli xom ashyoni kafolatlaydi», - dedi Haydarov Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan investorlar bilan uchrashuvda.
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2018 yilda mamlakatda 13ta to‘qimachilik klasteri paydo bo‘lishi kerak. Ushbu model paxta xomashyosini yetishtirish, dastlabki qayta ishlash, paxta tozalash korxonalarida qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yakuniy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan yagona ishlab chiqarish jarayoni tashkil etishni nazarda tutadi.
Klasterlar fermer xo‘jaliklari bilan paxta xom ashyosi yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha bevosita kontraktatsiya shartnomalarini tuzadi.
Mavzuga oid
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
09:42 / 31.12.2025