O‘zbekiston | 18:50 / 27.07.2018
5837
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari nimalar uchun ishlatiladi?

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘lari, jumladan avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun to‘lanadigan davlat boji va boshqa manbalardan shakllantiriladi.

Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilar uchun ishlatiladi:

ilmiy-tadqiqot ishlariga;
avtovokzallari va avtostansiyalari, oraliq bekatlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashga;
avtotransport vositalarini xarid qilishga;
avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga;
«O‘zavtotrans» agentligini saqlashni moliyalashtirishga; 
ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tomonidan jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish va ular bo‘yicha foizlar hamda komissiyalarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga.

Jamg‘arma mablag‘larini boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid