BRIKS sammitida yakuniy deklaratsiya qabul qilindi
Yohannesburgda BRIKS a'zo davlatlari rahbarlarining 10-sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit yakuni bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi va unda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar aks ettirilgan.
Shuningdek, sammit ishtirokchilari dunyoda shaffof va ko‘p tomonlama manfaatli savdo munosabatlarini rivojlantirishga hayrihox ekanligini bildirgan.
«Biz Jahon savdo tashkiloti tuzilmasi doirasidagi shaffof va ko‘p tomonlama manfaatli savdo munosabatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, deklaratsiyada a'zo davlatlar Energetika vazirlari BRIKS energetika tadqiqotlari platformasini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishgani yozib qo‘yilgan.
Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR rahbarlaridan tashqari, 3 kunlik tadbirga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an ham bu galgi sammit ishida qatnashdi.
Mavzuga oid
15:57 / 07.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakli tasdiqlandi
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
18:21 / 28.10.2024
Propaganda BRICS sammitidan geosiyosiy «qurol» sifatida foydalandi
19:36 / 24.10.2024