Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi, deya xabar berdi qömita axborot xizmati.

Qayd etilişiça, memorandum korrupsiyaning oldini oliş böyiça tizimli işlarni mustahkamlaş, soliq organlari faoliyatining şaffofligini oşiriş hamda zamonaviy içki nazorat mexanizmlarini joriy etişga qaratilgan.
“Hujjat soliq organlari tizimida huquqbuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etiş bilan çeklanib qolmay, eng avvalo korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlaş va profilaktik mexanizmlarni joriy etişga yönaltirilgan professional va samarali korrupsiyaga qarşi kuraşiş modelini şakllantirişni nazarda tutadi. Şuningdek, raqamli texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellekt asosidagi yeçimlarni keng qöllaş, davlat organlari faoliyatida oçiqlik va hisobdorlik siyosatini izçil rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, davlat soliq xizmatida işlovçi har bir xodimning daromadlarini deklaratsiya qiliş tizimi işlab çiqilgan. Tadbir doirasida mazkur platforma taqdimoti ötkazildi. Ayni paytda Navoiy va Çirçiq şaharlarida daromadlarni deklaratsiya qiliş mexanizmini joriy etiş böyiça eksperiment sinov tariqasida amalga oşirilyapti. Pilot loyiha yakunlariga köra, uşbu tizim bosqiçma-bosqiç butun respublika böylab joriy etiladi.








