Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya investitsiyalar uchun fuqarolikni taklif qila boshladi
Chernogoriya hukumati investitsiyalar orqali respublika fuqaroligini olish dasturini e'lon qildi. Bu haqda fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Henley & Partners kompaniyasi xabar bergan. Tashkilot sarmoyalar orqali fuqarolik dasturlarini joriy etish bo‘yicha ba'zi mamlakatlar hukumatlarining maslahatchisidir. Davlat dasturiga oid ma'lumotlar Chernogoriya hukumatining rasmiy saytida ham e'lon qilindi.
Chet elliklar joriy yilning oktabr oyidan boshlab respublika pasportiga ega bo‘lishlari mumkin. Ehtimoliy investorlarga homiylik uchun bir necha variantlar taklif etiladi. Ular orasida - mamlakatning rivojlangan hududlarida hukumat tomonidan tasdiqlangan loyihalarga 450 ming yevro miqdorida sarmoya yoki kam rivojlangan hududlarda loyihalar uchun 250 ming yevro miqdorida investitsiya kiritish.
Dasturning dastlabki uch yilida faqat 2 ming nafar xorijiy fuqaro investor sifatida pasport olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dasturga ariza topshirilganidan so‘ng bir oy ichida dastur qatnashchilari Chernogoriyada doimiy yashovchi maqomini, olti oydan keyin esa - mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026