Sport | 15:24 / 28.07.2018
13838
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston OTJ tarkibiga nega o‘zgarish kiritilayotganiga izoh berildi

Foto: MOQ axborot xizmati

26 iyul kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibini e'lon qilgan edi. Biroq, oradan 1 kun o‘tgach, 27 iyul kuni O‘FA sayti bu xabarni o‘chirib tashladi va terma jamoa yakuniy tarkibi so‘nggi yig‘indan keyin «alohida e'lon qilinishi» haqida yozdi.

Osiyo o‘yinlari oldidan Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan matbuot anjumanida Matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jayev bu masalaga oydinlik kiritdi.

«O‘FA tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida legioner futbolchilarni ham jalb qilmoqchi. Jumladan – Doston Hamdamov, Otabek Shukurov... Tarkib e'lon qilinishi shu sababdan kechiktirildi. Vetnamda yakunlovchi turnir bor. O‘sha turnirdan so‘ng yakuniy ro‘yxatni taqdim etamiz, deyishgan.

Akkreditatsiya masalasida ham tashkiliy qo‘mita bilan ishlayapmiz. Futbolchilarning klublari bilan ham kelishuvga erishilishi kerak. Chunki FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaydi. Klublar rozilik bergan taqdirda bitta yoki ikkita o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Lekin tarkibning 95 foizi aniq bo‘lib ulgurgan», - dedi Imomxo‘jayev.

Mavzuga oid