Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sohillari yaqinida 770 dan ko‘proq muhojir qutqarib qolindi
27 iyulda Ispaniya sohillari yaqinida kamida 774 muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda Ispaniya qutqaruv va xavfsizlik xizmati ma'lum qildi.
Xizmatning ma'lum qilishicha, noqonuniy muhojirlar Gibraltar bo‘g‘ozida kun davomida 54 ta qayiqda aniqlangan.
2015 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir qator davlatlarda ixtiloflar avj olgani sababli Yevropaga bu hududlardan keluvchi odamlar soni ortgan.
Xalqaro migratsiya tashkilotining ma'lum qiliishicha, yil boshidan Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali 55 mingdan ko‘proq muhojir yetib kelgan. Ulardan 23 mingini Ispaniya, 18 mingdan ko‘prog‘ini Italiya, 15 mingga yaqinini Gretsiya qabul qilgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026