Jahon | 07:59 / 30.07.2018
20919
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada Rossiyani bir necha qismga «parchalab tashlash» taklif qilindi

Foto: Mixnews

Latviya seymi deputati Aleksandr Kirshteynsning ma'lum qilishicha, Yevropadagi «xotirjamlik» uchun Rossiyani bir necha qismga «parchalab tashlash» lozimdir. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Latviya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga xotirjamlik olib keladi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyani etnik tarkibga ko‘ra kichik mamlakatlarga «parchalab tashlash» kerak.

Kirshteynsning qayd etishicha, shundan so‘ng «barcha harbiy mojarolar» tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin AQShning katta strategik xatosini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid