Jamiyat | 17:25 / 30.07.2018
5052
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 5 400 dollar olib, va'dasini bajarmagan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

28 iyul kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 2 iyul kuni Yashnobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, X.R. “Novza” metro bekati oldida Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi X.N.ga avtomashina olib berishini va'da qilib, undan 5 400 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, X.R. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid