Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW Vengriyada zavod quradi
BMW mutasaddilari Vengriya sharqida 1 mlrd. yevro investitsiya kiritib, zavod qurmoqchi. Loyihani amalga oshirishdan maqsad mamlakatda yuqori sifatli avtomobillarni ishlab chiqaradigan yagona markazni tashkil etishdir. Bu haqida Reuters xabar qiladi.
Yangi zavod Budapesht sharqidan taxminan 230 km. uzoqlikda joylashgan Debretsen shahrida quriladi va bu yerda yiliga 150 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi. Zavodda elektormobillar ham terilishi rejalashtirilgan.
BMW Daimler hamda Audi avtokonsernlariga qo‘shiladi. Ushbu ikki gigant kompaniya Vengriyada o‘z zavodlariga ega hisoblanadi. Audi kompaniyasi hozirda bu yerda elektr motor ishlab chiqarmoqda.
«Avtosanoat hajmi Vengriya eksportining 1/3 qismini tashkil etadi. BMW bilan eksport hajmini 40 foizgacha oshirishimiz mumkin. BMW’ning yangi imkoniyatlari 2019 va 2020 yildagi kutilayotgan pasayishni to‘xtatishga imkon beradi va Markaziy Yevropaning rivojlanmagan sharqiy hududiga xorijiy investitsiya olib kiradi. Zavod qurish loyihasi Vengriyaning avtomobil sanoatiga qaramligini kuchaytirishi va global iqtisodiy inqiroz davrida avtomobil savdosining har qanday davriy pasayishiga olib kelishi ham mumkin», deya ma'lumot berdi tahlilchi Piter Virovats.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
21:02 / 15.06.2026
BMW tajovuzkor M3 Neue Klasse elektromobili konsepsiyasini taqdim etdi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026