15 iyun kuni bölib ötgan ovoz beriş jarayonida konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlarni 134 nafar deputat qöllab-quvvatladi. 50 nafar deputat qarşi ovoz bergan bölsa, yana olti nafar parlamentariy betaraf qoldi.
Yangi qoidaga köra, boş vazir lavozimida işlaş muddati eng köpi bilan ikki tört yillik davr bilan çeklanadi. Muhimi, mazkur norma faqat kelajakdagi rahbarlarga emas, balki 1990 yildan buyon Vengriya boş vaziri bölib işlagan barça şaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Bu esa mamlakat siyosiy hayotida muhim örin tutgan Viktor Orbanning yana hukumat rahbari sifatida qaytiş ehtimolini istisno qiladi. Orban turli yillarda jami beş muddat davomida Vengriya boş vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Mazkur konstitutsiyaviy özgarişlar amaldagi boş vazir Peter Madyarning asosiy saylovoldi va’dalaridan biri edi. Uning ta’kidlaşiça, hokimiyatning uzoq vaqt bir şaxs qölida töplanib qolişi demokratiya tamoyillariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şu bois boş vazirlik muddatini çeklaş davlat boşqaruvida muvozanat va raqobatni ta’minlaşga xizmat qiladi.
Konstitutsiyaviy tuzatişlarni parlamentda Madyar rahbarlik qilayotgan «Tisa» partiyasi deputatlari qöllab-quvvatladi. Aksinça, Viktor Orbanning «Fides» partiyasi vakillari uşbu taşabbusga qarşi ovoz berdi.
Kuzatuvçilarga köra, mazkur qaror Vengriya siyosiy tizimida muhim buriliş nuqtasi bölib, mamlakatda hokimiyat almaşinuvi mexanizmlarini mustahkamlaşga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda.

















