O‘zbekiston | 16:08 / 31.07.2018
8764
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Temur Malik – Parkent ko‘chalari kesishmasida transport harakati qisman cheklandi 

Toshkentdagi Temur Malik – Parkent ko‘chalari kesishmasida avtotransport vositalari harakati qisman cheklandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, yer usti yo‘l o‘tkazgichi qurilishi munosabati bilan shu yilning 30 iyulidan boshlab, poytaxtning Temur Malik – Parkent ko‘chalari kesishmasida avtotransport vositalari harakati qisman cheklangan. Ushbu cheklovlar qurilish ishlari yakuniga qadar davom etadi. 

«Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», - deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga oid