Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya: AQShning tahdid qilishiga chidab o‘tirmaymiz
Turkiyada milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Anqaraga nisbatan AQSh tahdidlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ko‘rsatib berilgan bayonot qabul qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
«Turkiya ham ikki tomonlama munosabatlar doirasida, ham ittifoqlar doirasida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishga sodiqdir», - deyiladi Turkiya xavfsizlik kengashining bayonotida.
Shu bilan birga, bayonot mualliflarining ta'kidlashicha, o‘z manfaatlarini himoya qilishga «qat'iy bel bog‘laganlar». Ular o‘z pozitsiyalariga hurmat bilan munosabatni bo‘lishni talab qildilar. Hujjatda, shuningdek, «tahdid tili» AQSh hukumatining ikki tomonlama munosabatlarga nisbatan hurmatsizligidan darak berishi va «mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas» ekanligi ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026