Jamiyat | 14:50 / 01.08.2018
6734
1 daqiqa o‘qiladi

68 mln so‘mdan ortiq pulni aldab olib ketgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 19 iyul kuni Dehqonobod tumani yashovchi muqaddam sudlangan Yu.K. fuqaro  R.H. G‘uzor tumanidan Qarshi shahriga qatnovchi S.R. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasidan Qarshi shahrida yashovchi tanishi J.G‘.ga berib yuborilgan 68 mln 800 ming so‘m pulni aldov yo‘li bilan olib, voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Yu.K. ushlangan.

Mavzuga oid