Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh HHK muvaffaqiyatsiz sinov davomida Minuteman III raketasini yo‘q qildi
Foto: DANIEL BROSAM/U.S. AIR FORCE
AQSh harbiy-havo kuchlari sinov parvozi vaqtida Minuteman III qit'alararo ballistik raketani Tinch okeani uzra yo‘q qilishga qaror qildi. Bu haqda Sputnik International Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy-havo kuchlari global zarbalar qo‘mondonligiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, raketa xavfsizlik nuqtai nazaridan sinov parvozi vaqtida aniqlangan anomaliyalar tufayli yo‘q qilingan. Raketa Kaliforniya shtatining Vandenberg aviabazasida joylashgan uchirish qurilmasidan parvozga chiqarilgan, hamda soat 04:42da (Toshkent vaqti bilan 16:42) unga o‘z-o‘zini yo‘q qilish haqida signal yuborildi.
AQSh harbiy-havo kuchlari vakillarining ta'kidlashicha, raketa jangovar kallakka ega bo‘lmagan.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026